Янгиликлар

Kattaqoʻrgʻon shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumining  4 chorak yakuni boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida  fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha 2023 yilning fevral-aprel oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 1-mavsumida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 142 ta loyihalar ilgari surilib, 86 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

Harbiy vatanparvarlik karvoni

Kattaqo'rg'on harbiy qism qo'mondonligi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi" hamda "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kattaqo'rg'on HAN, Kattaqo'rg'on Mudofaa ishlari boʻlimi, Kattaqo'rg'on UJFQ xodimlari ishtirokida Kattaqo'r'gon shahar Dexqon bozori oldida "Yangi O'zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir!"  shiori ostida Harbiy vatanparvarlik karvoni tashkillashtirildi.

YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN

Bugun “Mahallada duv-duv gap” turkumidagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri shahar 2-sektor hududidagi “Bahoriston” mahallasi fuqarolari uchun 5-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. 
2-sektor rahbari, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib bergan tadbirda shoir va yozuvchilar, professor o‘qituvchilar, Imom xatib, madaniyat xodimlari va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Mahallada duv-duv gap

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri 1-sektor hududidagi “Qo‘shhovuz” mahallasi fuqarolari uchun 3 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda shoira Fazilat Abdullaeva, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi muharriri Toxir Hamidov, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchilari, imom xatib, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari, yoshlar, nuroniylar jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Harbiy qism tashkil topgan kun

Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida harbiy qism tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Harbiylar va ularning oila a’zolari, soha faxriylari ishtirokidagi ushbu tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM