Mahallada duv-duv gap

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri 1-sektor hududidagi “Qo‘shhovuz” mahallasi fuqarolari uchun 3 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda shoira Fazilat Abdullaeva, “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi muharriri Toxir Hamidov, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchilari, imom xatib, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari, yoshlar, nuroniylar jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar tadbirning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda ma’nifiy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldilar.
Vatanni madh etgan she’rlar va qo‘shiqlarni ishtirokchilar iliq qarshi oldilar.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                    

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM