YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O'ZBEKISTON UCHUN

Bugun “Mahallada duv-duv gap” turkumidagi navbatdagi targ‘ibot tadbiri shahar 2-sektor hududidagi “Bahoriston” mahallasi fuqarolari uchun 5-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. 
2-sektor rahbari, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib bergan tadbirda shoir va yozuvchilar, professor o‘qituvchilar, Imom xatib, madaniyat xodimlari va mahalla fuqarolari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda bugungi kunda inson manfaatlari, qadr-qimmatini ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar haqida gapirdilar.


Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM