Kattaqoʻrgʻon shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimining 2023-yil “Fuqarolar tashabbusi” I va II mavsumining  4 chorak yakuni boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida  fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha 2023 yilning fevral-aprel oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 1-mavsumida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 142 ta loyihalar ilgari surilib, 86 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

Komissiya  tomonidan saralab olingan 86 ta takliflarga ovoz berish natijalari boʻyicha 19 ta takliflar gʻolib deb topilgan. Qolgan 67 ta takliflarga mablagʻ yetarli boʻlmagan.

Har bitta gʻolib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob raqamlar ochilib, mablagʻlar toʻliq moliyalashtirib berilgan.

Gʻolib boʻlgan 19 ta loyihalardan hozirgi kunga qadar 19 tasida ham ishlar yakunlanib foydalanishga topshirilgan.

Jumladan:

1.Axborot qutubxona markaziga 1000 dona kitoblar qiymati 38.4 mln soʻmlik;

 2.Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablariga bir jamlanmadan  monoblok (personal kompyuter va rangli printr) jixozlari qiymati 195 mln 182 ming soʻmlik;

3.3-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotining oqova tizimini yangilash maqsadida qurilish mollarini sotib olishga qiymati 139 mln 431 ming soʻmlik

4.Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablariga 13 ming dona kitoblar harid qilish  qiymati 216 mln 160 ming soʻmlik;

5.Kattaqoʻrgʻon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan  koʻz kasalliklar boʻlimiga tibbiy apparaturalar va markaziy poliklinikaga flyurografiya apparati  qiymati 1 mlrd 127 mln 699 ming soʻmlik;

6.3-sonli umumtaʼlim maktabi atrofini oʻrash qiymati 139 mln 471 ming soʻmlik;

7.10-sonli koʻp tarmoqli maxsus ixtisoslashtirilgan  davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 5 kvtli qiymati 44 mln 849 ming soʻmlik ;

 8.17-sonli umumtaʼlim maktabi binosiga 10 kvtli qiymati 103 mln 990 ming soʻmlik ;

           9.6-son umumtaʼlim maktabiga 10 kVt li qiymati 104 mln 954 ming soʻmlik;

 10.5-umumtaʼlim maktabiga 10 kvtli qiymati 104 mln 954 ming soʻmlik ; 

11.12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 10 kVt li qiymati 104 mln 440 ming soʻmlik ; 

12.8-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga 10 kVt li qiymati 103 mln 990 ming soʻmlik ;  quyosh panellari toʻliq keltirib oʻrnatilgan.

13.Ingichka qoʻrgʻoni “Nurobod ” MFY Kattasoy koʻchasi asfaltlashtirildi, qiymati 1 mlrd 103 mln 457 ming soʻmlik.

14.Balandchordara MFY Anxor koʻchasi asfaltlashtirildi qiymati 259 mln 549 ming soʻmlik.

15.Ingichka qoʻrgʻoni Nurobod MFY Kattasoy koʻchasida 27x48 oʻlchamli mini futbol maydoni barpo etildi qiymati 346 mln 202 ming soʻmlik.

16.16-son umumtaʼlim maktabi atrofi devor bilan oʻraldi qiymati 224 mln 507 ming soʻmlik.

17.4-son umumtaʼlim maktabi eski kutubxona binosini taʼmirlandi qiymati 263 mln 023 ming soʻmlik.

18.6-son maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini joriy taʼmirlandi qiymati 149 mln 925 ming soʻmlik.

19.6-son maktabgacha taʼlim tashkiloti bolalar ayvonchasi barpo etildi qiymati 74 mln 032 ming soʻmlik.

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida oʻtkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 2-mavsumida Kattaqoʻrgʻon shahri boʻyicha fuqarolar tomonidan jami 156 ta loyihalar ilgari surilib, 138 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olindi.

2023 yil 6 oktyabrdagi Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar kengashining VI-81-97-7-106-K/23–son qarorining 1-ilovasiga asosan manzilli roʻyxat shakillantirilgan .

Kattaqoʻrgʻon shahari 2023 yil 2 mavsumda “Fuqarolar tashabbusi” boʻyicha jami 9 ta loyiha gʻolib boʻlib, ushbu loyihalar uchun jami 4 740.0 mln soʻm ajiratilgan va har bitta gʻolib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob raqamlar ochilib, mablagʻlar toʻliq moliyalashtirib berilgan.

Jumladan:

1. Nurobod MFY hududidagi 1000 metr masofadagi ichki yoʻlni tamirlash uchun 800.0 mln soʻm ajiratilgan. Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 270.9 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

2. Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikani raqamli tizimga oʻtkazish uchun 50 dona kompyuter xarid qilish uchun 350.0 mln soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda 50 dona kompyuter yetkazib berilgan. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 225.0 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.125.0 mln soʻm qoldiq mablagʻ fuqarolar tashabbusi jamgʻarmasiga qaytarildi.

3. Ingichka qoʻrgʻonidagi ““Kattasoy” koʻchasida yashovchi fuqorolarning tomorqa yerlarini soʻgʻorish (irrigatsiya) tizimi bilan taʼminlash.uchun 1320.0 mln soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda buyurtmachi Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona byurtmachi xizmati” DUK tomonidan loyihachini aniqlash boʻyicha “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga joylashtirilgan.

4. Shahardagi 11-sonli umumtaʼlim maktabining yordamchi binosini taʼmirlash uchun 170.0 mln  soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda loyihalashtirish ishlar amalga oshirilmoqda . Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 0.3 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

5. Shahardagi 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi sinfxonalari eshik, deraza romlari va pol usti linoleum qatlamini almashtirish uchun 500.0 mln soʻm soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 421.8 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

6. Shahardagi 8-maktabga oshxona hamda faollar zali qurish uchun 1091 ta ovoz bilan 750.0 mln soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 252.3 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

7. Shahardagi 16-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi binosi issiqlik tizimini yangilash uchun 350. mln soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 330.6 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

8. Ingichka qoʻrgʻonidagi A.Qahhor koʻchasining koʻp qavatli uylari oldida varkout maydonchasi qurish uchun 260.0 mln  soʻm ajiratilgan . Bugungi kunda loyihalashtirish ishlar amalga oshirilmoqda . Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 0.2 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

9. Ingichka shaharchasidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi qoʻshimcha binosining issiqlik tizimini taʼmirlash uchun 240.0 mln soʻm ajratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha boʻyicha hozirgi kunda 227.8 mln. soʻm kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

F.Sadriddinov,

Kattaqoʻrgʻon shahar Iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM