AZIZ KATTAQOʻRGʻONLIKLAR!

Ertaga, 17 oktyabr kuni Kattaqoʻrgʻon shahrida ommaviy yugurish marafoni oʻtkaziladi. “Save Aral-2023” – deb nomlangan ushbu yugurish marafoni ertalab 8:30 da  Kattaqoʻrgʻonga kirish darvozasi oldidan boshlanib, shahar hokimligi oldiga qadar davom etadi.
Finishga birinchilardan boʻlib kelgan ishtirokchilar gʻoliblar safidan oʻrin oladi va taqdirlanadi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun turli nominatsiyalar ham tashkil qilingan.

Sizlarni marafonda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM