Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi ishlar muhokama etildi
18.01.2024 - 17:32Kattaqo‘rg‘on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2023 yilning o‘tgan 12 oyida shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, tezkor qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini o’rganish natijalari muhokama qilindi. Bu bo’yicha shahar prokurorining o’rinbosari A.Mamatqulovning axboroti hamda mas’ullarning hisobotlari eshitildi.