BIZ ZO‘RAVONLIKA QARSHIMIZ!

Image_tadbir: 

Ingichka qo‘rg‘onchasidagi 12-umumta’lim maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari va ularning ota-onalari bilan o‘tkazilgan davra suhbati ana shu mavzuda bo‘lib o‘tdi.
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda mavzuga doir tarqatma materiallar tarqatildi. Shuningdek, o‘quvchi-qizlarga “Haqiqiy kuch zo‘ravonlikda emas, oliyjanoblikda”, “Hayotiy zarur ko‘nikmalar” nomli videoroliklar namoyish etildi. 

Davra suhbatida shahar IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor Z.Axatova, otinoyilar, xotin-qizlar faollari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimi M.Eshquvvatovlar qatnashdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM