Image_tadbir:
1 dekabr-OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida chellenj o‘tkazildi.
“Oq-oltin” mahallasi yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan tashkil qilingan chellenjda yoshlar ushbu xavfli illatga qarshi sog‘lom turmush tarziga rioya etish, sport bilan shug‘ullanishlari, jismoniy faollik, bilimlari bilan kurashishlarini bildirdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.