Янгиликлар

Jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurash borasidagi ishlar muhokama etildi

Kattaqo‘rg‘on shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tegishli tashkilotlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda 2023 yilning o‘tgan 12 oyida shaharda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, tezkor qidiruv, surishtiruv va dastlabki tergov borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini o’rganish natijalari muhokama qilindi. Bu bo’yicha shahar prokurorining o’rinbosari A.Mamatqulovning axboroti hamda mas’ullarning hisobotlari eshitildi. 

"Unutma seni uyda oilang kutyapti" shiori ostida profilaktik tadbir o'tkazildi. 

Bugun Kattaqo'rg'on shahar Yo'l patrul xizmati tomonidan Vatanparvar MFY da harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari uchun "Unutma seni uyda oilang kutyapti" shiori ostida  profilaktik tadbir o'tkazildi.

Tadbirda yo'l qoidalari haqida hamda mahalladagi ko'chalarga su'niy notekislik qo'yish tartibi haqida so'z yuritildi.

Targ‘ibot tadbirlari davom etadi

Bugun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ'ibot tadbiri 1-sektor hududidagi “G‘arb machit” mahallasi fuqarolari uchun Axborot kutubxona markazida o‘tkazildi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar ma’naviyat va ma’rifatning inson hayotidagi, jamiyat rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritdilar.

Илмли, маърифатли аёл жамият таянчи

Куни кеча “Янги Ўзбекистон- маърифатли жамият” шиори остида шаҳримиздаги Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт техникумида тадбир ўтказилди.
Шаҳримиздаги ташкилотлардаги хотин-қизлар, ижодкор қизлар, Аёллар дафтаридаги хотин-қизлар, шоиралар, “Оқила аёллар” ҳаракати аъзолари фаол хотин-қизлар иштирокидаги тадбирни шаҳар оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Шаҳло Кучкарова очиб берди. 

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 12 va 9 ko‘p qavatli uylar atrofidagi irrigatsiya tarmog‘idagi holat bo‘yicha video murojaat tarqalgan.  

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM