Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Amir Temur ko‘chasi 12 va 9 ko‘p qavatli uylar atrofidagi irrigatsiya tarmog‘idagi holat bo‘yicha video murojaat tarqalgan.  
Mazkur murojaat yuzasidan shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i A.Alimovning ma’lum qilishicha, shahar Ekologiya bo‘limi xodimlari tomonidan murojaat joyiga borib o‘rganilgan hamda shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari va texnikasi yordamida irrigatsiya tarmog'i chiqindidan tozalanib, muammo bartaraf etilgan.

 Kattaqo'rg'on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM