Events

Yashil makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda joriy yil 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha kuzgi koʻchat ekish tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bu borada Kattaqo'rg'on shahrining barcha hududlarida ham ko‘chatlar ekish va bog‘lar barpo qilish ishlari qizgin olib borilmoqda.      

Xususan, bugun Chinobod mahallasi hududidagi er maydoniga 550 tupdan ortiq Qayrag’och, Terak va Katalpa manzarali daraxt ko'chatlari o’tqazildi.

Image_tadbir: 

“Chekishga qarshimiz” aksiyasi o‘tkazildi

Noqis mahallasida o‘tkazilgan “Chekishga qarshimiz” aksiyasida Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari, hudud aholisi ishtirok etdi. Shu kuni aksiya doirasida  aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘limi xodimlari ishtirokida aholiga profilaktika va tibbiy-sanitariya yordamlari va  aholi o‘rtasida skrining o‘tkazildi.

Image_tadbir: 

Ona tilim-faxrim

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kattaqo'rg'on shahar ixtisoslashtirilgan maktabida 21-oktyabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan 7-sinf o'quvchilari o'rtasida "Ona tilim-faxrim"mavzusida ma'naviy tadbir bo'lib o'tdi.

Image_tadbir: 

Tezkor

Kattaqoʻrgʻon shahar ETK Quruvchi tarmogʻida avariya holati yuzaga kelganligi natijasida shahrimizning aksariyat mahallalarida elektr taʼminoti uzildi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan avariya sababini aniqlash va uni bartaraf qilish boʻyicha zarur choralar koʻrilmoqda. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM