Yashil makon

Image_tadbir: 

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimizda joriy yil 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha kuzgi koʻchat ekish tadbirlari oʻtkazilishi belgilangan boʻlib, bu borada Kattaqo'rg'on shahrining barcha hududlarida ham ko‘chatlar ekish va bog‘lar barpo qilish ishlari qizgin olib borilmoqda.      

Xususan, bugun Chinobod mahallasi hududidagi er maydoniga 550 tupdan ortiq Qayrag’och, Terak va Katalpa manzarali daraxt ko'chatlari o’tqazildi.

Loyiha doirasidagi mazkur jarayonda Republika Bojxona qo’mitasi boshqarma boshlig’I o’rinbosari Farxod Akramov, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov, shahar hokimi o’rinbosari Jamshid Axmedov hamda shahar Ekologiya bo’limi va Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Shahrimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari davom etadi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati                                                       

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM