Events

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari X.Umarov Kattaqo`rg`on shahar IIBda muhokama yig`ilishi o`tkazdi

Muhokamada hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorlikning natijadorligi borasida suhbatlashilib, kelgusida ishlarni aniq va manzilli reja asosida, samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar, zaruriy topshiriqlar berildi.

Image_tadbir: 

BIZ ZO‘RAVONLIKA QARSHIMIZ!

Ingichka qo‘rg‘onchasidagi 12-umumta’lim maktabning yuqori sinf o‘quvchi qizlari va ularning ota-onalari bilan o‘tkazilgan davra suhbati ana shu mavzuda bo‘lib o‘tdi.
“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda mavzuga doir tarqatma materiallar tarqatildi. Shuningdek, o‘quvchi-qizlarga “Haqiqiy kuch zo‘ravonlikda emas, oliyjanoblikda”, “Hayotiy zarur ko‘nikmalar” nomli videoroliklar namoyish etildi. 

Image_tadbir: 

“Biz OITSga qarshimiz”

1 dekabr-OITS ga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida chellenj o‘tkazildi. 
“Oq-oltin” mahallasi yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan tashkil qilingan chellenjda yoshlar ushbu xavfli illatga qarshi sog‘lom turmush tarziga rioya etish, sport bilan shug‘ullanishlari, jismoniy faollik, bilimlari bilan kurashishlarini bildirdilar. 

Image_tadbir: 

Tanlov    

Samarqand shahrida "Zulfiya" davlat mukofotining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovda shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 5 nafar qizlar adabiyot, san'at, sport va ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etmoqda.

Image_tadbir: 
2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM