“Chekishga qarshimiz” aksiyasi o‘tkazildi

Image_tadbir: 

Noqis mahallasida o‘tkazilgan “Chekishga qarshimiz” aksiyasida Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari, hudud aholisi ishtirok etdi. Shu kuni aksiya doirasida  aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish bo‘limi xodimlari ishtirokida aholiga profilaktika va tibbiy-sanitariya yordamlari va  aholi o‘rtasida skrining o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga shuningdek, tamaki mahsulotlari, jumladan, sigaretaning inson salomatligiga ta’siri, spirtli ichimliklarning kasalliklarni keltirib chiqarishi haqidagi ma’lumotlar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM