Янгиликлар

Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam

Bugun shahrimiz yoshlari o‘rtasida  “Biz giyohvandlikka qarshimiz” tadbirlari doirasida  “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish  marafoni o‘tkazildi. Shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali hamkorligida tashkil qilingan marafonda talabalar va shahrimiz yoshlari faol ishtirok etdilar.
Marafon shahar hokimligi oldidan boshlanib, Kattaqo‘rg‘onga kirish darvozasi oldiga qadar davom etdi.

BUGUNGI KUN O'QUVCHILARI!

Kattaqo'rg'on shahar 11-IDUMning  8-"D" sinf o'quvchisi Davlatbek Norqulov CEFR( milliy sertifikat) B2 sohibi bo'ldi. Bu daraja hozirgi kunda ingliz tili o'qituvchilari uchun talab qilinadigan daraja  bo'lib, oliygohga kirish uchun Ingliz  tili fani blokiga 100% lik imtiyoz beradi.
9-"D" sinf o'quvchisi Nurbek Bahodirov esa ingliz tili fani o'qituvchilariga 50%lik  ustama, magistratura ta'limiga imtiyoz beruvchi C1 darajasi sohibi bo'ldi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM