BUGUNGI KUN O'QUVCHILARI!

Kattaqo'rg'on shahar 11-IDUMning  8-"D" sinf o'quvchisi Davlatbek Norqulov CEFR( milliy sertifikat) B2 sohibi bo'ldi. Bu daraja hozirgi kunda ingliz tili o'qituvchilari uchun talab qilinadigan daraja  bo'lib, oliygohga kirish uchun Ingliz  tili fani blokiga 100% lik imtiyoz beradi.
9-"D" sinf o'quvchisi Nurbek Bahodirov esa ingliz tili fani o'qituvchilariga 50%lik  ustama, magistratura ta'limiga imtiyoz beruvchi C1 darajasi sohibi bo'ldi.

Biz yuqoridagi o'quvchilarning hali bitiruvchi bo'lmasada, oldinda 3-4 yillik maktab ta'limini olishi lozim bo'la turib, o'qituvchilar hamda magistrlar  darajasiga tenglashib  olganligi  bilan muborakbod etamiz.

O'quvchilarni, maktab ma'muriyatini  hamda ota-onalarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz. Mana shunday o'quvchilar safi kengayishining tarafdorimiz.


Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM