Masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Kuni kecha shahar hokimligida shahar hokimi Gavhar Alimova, tegishli mas'ul rahbarlar va hokim yordamchilari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.  

Mazkur yigʻilishda 2023 yilda yangi yuridik korxonalarni tashkil etish, hududda ishsiz aholini oʻzini-oʻzi band qilishni taʼminlash borasidagi ishlarni mahallabay ijrosi, mahallalarda koʻchma savdo faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchaskalarini auksionga chiqarish holati,  ishsiz va ish qidiruvchi shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlovlari boʻyicha mavjud holat tahlil qilinib masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, ushbu yig'ilishda shahrimizning "Mehrjon" mahallasi hokim yordamchisining faoliyati natijalari tahlil qilinib, tanqidiy ko'rib chiqildi.  

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM