O‘quvchilar sayohatlar davomida tarixiy obidalar bilan tanishmoqdalar
08.11.2023 - 18:21O‘quvchi-yoshlarning kuzgi ta’tili davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun respublikamizning tarixiy shaharlariga sayohatlar tashkil qilinmoqda. Ushbu tadbirlar doirasida shahrimizdagi 11-IDUM o‘quvchilariga qadimiy Samarqand shahriga sayohatlari, "Sharq yulduzi" kinoteatridagi film tomoshasi juda manzur bo‘ldi.