Kattaqo‘rg‘on shahrida “Yashil makon” tadbirlari ijrosi qay darajada bo‘lmoqda?

Ma’lumki, yurtimizdagi singari shahrimizda ham “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bugun shahar hokimligida shahar hokimi Gavhar Alimova rahbarligida mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu masala muhokama qilindi. 

Shahar hokimi loyiha doirasida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida so‘z yuritdi va ushbu tadbirlarda mahallalar, mehnat jamoalari, idora va tashkilotlar, ta’lim muassasalari vakillari uyushqoqlik bilan ishtirok etishlari, o‘zlarining  munosib hissalarini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi. Joriy kuz mavsumida shahar hududiga 56 ming manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda shuningdek, kuz-qish mavsumi doirasidagi ishlar ham tahlil qilindi va bu borada mas’ullarga tegishli vazifalar berildi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM