Badiiy gimnastika malikalari saralandi

Shu kunlarda badiiy gimnastika bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi” uchun sport musobaqasi o‘tkazilmoqda. Unda umumta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilari qamrab olinishi ko‘zda tutilgan. 

Musobaqaning viloyat bosqichida 16 ta tuman-shahardan kelgan 200 nafardan ortiq qizlar g‘oliblik uchun bellashdilar. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Kattaqo'rg'on shahar 14-IDUM ning Badiiy gimnastikachi qizlar jamoasi faxrli I-o'rinni  hamda shaxsiy dastur bo‘yicha o‘tkazilgan chiqishlarda ushbu maktabning 1-''V'' sinf o'quvchisi Inomova Mavludaxon  faxrli III-o'rinni egallashdi.
 Musobaqa g'oliblari Samarqand viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.                                                    

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM