KITOB TAQDIMOTI O'TKAZILDI
13.04.2024 - 11:00Kitoblar ko'p, ayniqsa, texnologiya tobora rivoj topayotgan bugungi kunda kitob chop ettirish, uni kitobxonga yetkazish har doimgidan yengil yumush. Biroq, qo'lga olib, bir boshlagandan tugatmaguningizgacha qo'ldan qo'ygingiz kelmaydiganlari sanoqli. Ijodkor jurnalist Hamidulla Xushvaqtovning "O'ZINGIZGA VIJDON SOTIB OLING!" nomli asari ana shunday kitoblardan biri, desak bu kitobni mutolaa qilib ulgurganlar fikrimizni tasdiqlaydi.