KATTAQOʻRGʻON SHAHAR HOKIMI GAVHAR ALIMOVANING RAMAZON HAYITI TABRIGI

Assalomu alaykum qadrli  hamshaharlar!
Sizlarni, barcha moʻmin-musulmonlarni, mehr-oqibat, ezgulik  va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Bu qutlugʻ ayyomda barchamiz avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun cheksiz shukronalar aytamiz.  
Oila, mahalla va jamiyat ahliga mehr va eʼtibor koʻrsatish, koʻmakka muhtoj insonlarga yordam berish bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy himoya va insonparvarlikka yoʻgʻrilgan siyosatga hamohang ekanligini barchamiz dildan his etmoqdamiz. 
Muborak hadislarda aytilganidek, ikki dunyo saodatini oʻylab yashagan inson, xalq hech qachon kam boʻlmaydi. 

Azizlar!
Barchangizni yana bir bor muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlayman. 
Shahrimizda, oilalarda, mahallalarimizda tinchlik, ahillik, fayzu-baraka bardavom boʻlsin!
Ramazon hayiti muborak boʻlsin!

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM