UZOQ YILLIK ORZULAR AMALGA OSHDI

Bugun yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. Ijtimoiy ko‘makka va turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini ko‘paytirish borasidagi amalga oshirilayotgan tizimli ishlar hayotda qiynalgan xotin-qizlarni o‘z o‘rinlarini topishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu boradagi ishlarni amalga oshirish, yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash  yo‘lidagi islohotlarni keng targ‘ib qilish, jamiyatdagi ehtiyojmand ayollarga ko‘maklashishda saxovatpesha tadbirkorlarning xizmatlarini alohida e’tirof etish o‘rinli.  

Bir yil avval homiy tadbirkor Akobir Hamroevning tashabbusi bilan shahrimizning “Yakkabog‘” mahallasida qurilishi boshlangan uy-joylar "Mehr va muruvvat oyi" bo'lmish Ramazon oyida bitkazilib, Muborak Ramazon hayiti arafasida o‘z egalariga topshirildi. Mazkur uy-joylarni jihozlashda shahrimizdagi saxovatli homiy tashkilotlarning ham hissalari munosib bo‘ldi.

Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova barchani bayram bilan qutladi. Ushbu qutlug‘ kun arafasida o‘z uylariga ega bo‘lgan ayollarni muborakbod etdi. Shuningdek, saxovatpesha tadbirkorning sa’y-harakati bilan mana shunday, uy-joylarning barpo etilgani ijtimoiy ko‘makka muhtoj, uy-joyi bo‘lmagan ayollarni hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ulkan imkoniyat bo‘lganligini, ularning qalblariga cheksiz quvonch olib kirganini alohida ta’kidladi.

Shundan so‘ng 14 nafar ayollarga uy-joylarga egalik qilish sertifikatlari topshirildi. Shuningdek, uy-joylarni barpo etgan homiy tadbirkor hamda qurilish korxonasi ishchilarining ham mehnatlari yuksak e’tirof etildi.

Ayniqsa, uzoq yillardan buyon ijarada yashagan, o‘z uyi bo‘lishini orzu qilgan va bugun ushbu orzulari ruyobga chiqqan uy sohiblarining quvonchlari cheksiz bo‘ldi.

Уч нафар миграциядан қайтарилган аёллар ҳам фарзандлари билан ушбу хонадонларнинг сохибаларига айландилар. Уларнинг шодликлари ўзгача бўлди.

Tadbir iftorlik dusturxoni atrofida davom etdi.

Nuroniylar mana shunday saxopatpesha insonlarning yanada ko‘payishini, yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, mehr-oqibatga yo‘g‘rilgan xayrli amallarimizning davomli bo‘lshini tilab duoga qo‘l ochdilar. 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM