Янгиликлар

Mehr ulashib

Bugun shahrimizda 3 dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan hayriya aksiyasi hamda bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarning davomi sifatida shahar hokimligi vakillari imkoniyati cheklangan fuqarolarning xonadonlarida bo‘ldilar va ularning holidan habar oldilar.Hamshaharlarimiz bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rliklardan mamnun bo‘lib duoga qo‘l ochdilar.

Mehr va e’tibor og‘ushida

Bugungi kunda mamlakatimizda inson qadri, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. Bu jarayonda barcha fuqarolarimiz kabi imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Xayriya aksiyasi  

Shahar Drama teatrda 3 dekabr- Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Aksiyani shahar hokimi Gavhar Alimova boshlab berdi. Ushbu xayrli tadbirda shuningdek, ta'lim, sog‘liqni saqlash, turli tashkilotlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  Aksiya bugun kech soat 17:00 ga qadar davom etadi. Xayrli tadbirdan siz ham  chetda qolmang, aziz hamshaharlar. 

Tayinlov

Alimov Abduraxmon Tuyg‘unovich - Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga ko‘ra 2023 yil 1 dekabrdan Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Doim e’tibordasiz!

Xalqimizda imkoniyati cheklangan va davlat g‘amxurligiga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatish azaliy qadriyat hisoblanadi. Ayniqsa, turli bayramlar va tadbirlarda bu kabi qadriyatlarimiz o‘zini yanada yuksak namoyon qiladi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM