Harbiy qism tashkil topgan kun
05.01.2024 - 18:37Kattaqo‘rg‘on shahar Drama teatrida harbiy qism tashkil topganligining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Harbiylar va ularning oila a’zolari, soha faxriylari ishtirokidagi ushbu tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari Jamshid Nosirov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiylarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.