TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETADI

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Mahallada duv-duv gap” turkumidagi targ‘ibot tadbirlari mahallalar bo‘ylab davom etmoqda.

Bugun shahar 2-sektor hududidagi Noqis mahallasi fuqarolari uchun navbatdagi tadbir 2-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Shoir va yozuvchlar, professor o‘qituvchilar, madaniyat xodimlari va mahalla fuqarolari ishtirokidagi tadbirni shahar prokurori, 2-sektor rahbari Ismoil Nuriddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan imom xatib Anvar Nazarov mamlakatimizda bugungi kunda inson manfaatlari, qadr-qimmatini ulug‘lash, ma’naviy-ma’rifiy sohalarni yanada rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar haqida gapirdi va albatta, fuqarolar ham bu islohotlarda faol bo‘lishlari lozimligini ta’kidladi.

Tadbir davomida she’rlar va madaniyat bo‘limi xonandalarining musiqiy chiqishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Bugun mana shunday tadbirlar shuningdek, 3 -sektor hududidagi Islom Shoir mahallasi hamda 4 -sektor hududidagi Ochildimurod Miriy mahallalarida ham uyushqoqlik bilan bo‘lib o‘tdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM