Harbiy qismning 30 yilligi tadbiri oʻtkazildi

Bugun Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda "HARBIY QISM TASHKIL TOPGANLIGINING 30 YILLIGI" bayram tantanasi nishonlandi. Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo'mondoni hamda Samarqand viloyat hokimining harbiy masalalar boʻyicha maslahatchisi ishtirok etdi.Tadbirni harbiy qism komandiri harbiy qismning shonli tarixi va hozirgi kundagi erishib kelayotgan yutuqlari haqidagi so'zlari bilan ochib berdi. So'zga chiqqan Markaziy harbiy okrugi qo'mondoni ushbu sana munosabati bilan barchani tabrikladi va o'z tabriknomasini harbiy qism komandiriga topshirdi. Samarqand viloyat hokimining harbiy masalalar boʻyicha maslahatchisi bayram munosabati bilan barchani tabriklab, harbiy xizmatchilarning bundan keyingi xizmatlariga omadlar tiladi. 

Shundan sho'ng bir qator harbiy xizmatchilar Markaziy harbiy
okrugi qo'mondonining qimmatbaho sovg'alari hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. 

Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM