MUNOSABAT
03.02.2023 - 18:25Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar “Damariq” mahallasi hududidagi 4-maktab oldi koʻchasida yuzaga kelgan nosozlik boʻyicha maʼlumot tarqaldi.
Ushbu hududdagi suv quvuri avariya xolatiga kelganligi sababli shahar suv tarmoqlari korxonasi tomonidan qazilib nosozlik bartaraf etilgan.
Bugungi kunda kuzatilayotgan yogʻingarchiliklar natijasida mazkur joyda choʻkish xolati kuzatilgan.
Mazkur holat bugungi kunda shahar suv tarmoqlari korxonasi tomonidan bartaraf etildi.