BUGUN TADBIRKORNI NIMA QIYNAYAPTI?

Tadbirkorlik subyektlari faoliyat samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Albatta, bu imkoniyatlardan unumli foydalangan tadbirkorlar faoliyatlarini kengaytirish maqsadida turli loyihalarni amalga oshirmoqdalar.

Kuni kecha shahar 2 sektorda ham tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbari, shahar prokurori Fayzullo Egamqulov sektor hududidagi tadbirkorlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolar hamda bank va boshqa tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan kredit mablagʻlari ajratilishi, hunarmandchilikni, zargarlik sanoatini rivojlantirish va boshqa masalalarni hal etish yuzasidan tijorat bank mutasaddilari hamda masʼul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                      

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM