Янгиликлар

Navro‘z-yangilanish, mehr oqibat va qadr-qimmat ayyomi!

O‘lkamizga yangilanish, yasharish  fasli bahor kirib keldi. Bahorning ilk oyida esa sharqona yangi yil “Navro‘z” umumxalq bayramini keng nishonlaymiz. Shu munosabat bilan shahrimizdagi 14 umumta’lim maktabida o‘tkazilgan bayram tadbiri ana shunday nomlandi.
Maktab jamoasi, faxriy pedagoglar va jamoatchilik vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.

ЎЗ ШАҲРИМГА ХИЗМАТ ҚИЛГАНИМДАН ҲУЗУР ҚИЛДИМ

“Яккабоғ” маҳалласида “Обод маҳалла” дастури доирасида катта ҳажмдаги бунёдкорлик ишлари амалга оширилмоқда. Ҳомий тадбиркор томонидан  маҳалла биносининг қуриб битказилгани ушбу ишларнинг узвий давоми бўлди.

Mahallaning yangi binosi bayramga munosib sovg'a bo'ldi 

O‘tgan yillar davomida shahrimizdagi ulkan bunyodkorlik ishlari doirasida ayniqsa, mahallalarning qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy ko‘rinishda aks etgani shahrimiz ahlini behad quvontirdi. Bugun ushbu ishlarning davomi sifatida “Navro‘z” umumxalq bayrami arafasida “Zomin” mahallasi binosining foydalanishga topshirilishi ham mahalla ahliga haqiqiy bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Mehnat jamoalari ham Navro‘zni munosib kutib olmoqdalar

Shu kunlarda shahrimizdagi ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida ham “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun shahrimizdagi 6 umumta’lim maktabi jamoasi ham xalqimizning sevimli ayyomini pedagogik jamoa, faxriy ustozlar va shahrimizdagi jamoatchilik vakillari ishtirokida nishonladilar.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM