Янгиликлар

Kattaqo'rg'on shahrida viloyat ochiq birinchiligi oʻtkazildi

Kattaqoʻrgʻon shahar sport maktabida oʻsmirlar oʻrtasida sportning aralash jang sanʼati boʻyicha viloyat ochiq birinchiligi oʻtkazildi. 
Navroʻz  umumxalq bayrami arafasida oʻtkazilgan musobaqada viloyatimizning barcha tumanlaridan ikki yuzga yaqin sportchilari ishtirok etdilar. Musobaqada sportchilar 3 yosh toifasida 28 ta vazn boʻyicha bellashdilar.

Ҳашар бирдамлик ва ҳамжиҳатлик тадбири

Бугун шаҳримизда ўтказилган умумхалқ ҳашари давомида умумтаълим мактаблари ҳудудларига мевали ва манзарали дарахт кўчатлари экилди. 13 умумтаълим мактабидаги кўчат экиш тадбирида иштирок этган шаҳар ҳокими Гавҳар Алимова халқимизга хос бўлган ушбу қадриятларнинг аҳамияти ҳақида сўз юритди. Бугун мана шундай ободонлаштириш ва кўкаламзорлаштириш ишлари барча мактабларда амалга оширилди. 

HASHAR -ELGA YARASHAR

Ayni kunlarda yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM