HASHAR -ELGA YARASHAR

Ayni kunlarda yurtimizda Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan bugun mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Ushbu xayrli tadbirga munosib hissa qo’shish maqsadida shahar xalq ta’limi bo‘limi xodimlari ham erta tongdan Xalq ta’limi bo‘limi binosi xududida obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlarini amalga oshirdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM