Mahallalarda ham  hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda

Butun yurtimiz singari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida shahrimizda bo‘lib o‘tayotgan umumxalq hasharida shahrimiz ahli faol qatnashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda shu munosabat bilan tashkil qilingan tozalash, obodonlashtirish ishlariga mahallalar vakillari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Ushbu xayrli tadbir davomida ko‘cha bo‘ylari, xonadonlar, mahallalar hududlari obodonlashtirilib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM