Янгиликлар

3-sektor rahbari fuqarolar murojaatlarini tingladi

Kattaqoʻrgʻon shahar IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Gʻ.Islomovning navbatdagi “Kattaqoʻron” mahallasida sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. 

Sayyor qabulda 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi, shundan 4 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan  murojaatlar tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirilib ijrosi nazoratga olindi. 

"Go'zalkent" mahallasida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Kattaqoʼrgʼon shahridagi yoshlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafigi ijrosi yuzasidan 2023-yil 12-aprel kuni 4-sektor hududiga qarashli Go'zalkent mahallasida 4-sektor rahbari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Qabul davomida yoshlarning "yoshlar daftari"ga kirish, kredit olish va boshqa bir qator muammoli masalalari eshitilib, ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. 

Hokim qabuli oʻtkazildi

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli oʻtkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida boʻlib oʻtgan qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Murojaatlar tahlil qilinganda uy-joy olish, moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy taʼmiri, oilaviy va boshqa masalalardan iborat boʻldi.

Мunosabat

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi binosi oldida   yangi yil archasining temir konstruksiyasi hozirga qadar turganligi boʻyicha tarqalgan murojaat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi F.Qurbonovning izoh berishicha, ushbu konstruksiyaning asosiy qismini aylanasi oʻlchami 24 metrni, balandligi 2,5 metrni tashkil qilib, xavfsizlik jihatidan konstruksiyaning ushbu qismi asosga payvandlangan.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM