Buxoroga sayohat
25.04.2023 - 11:10Shahrimizdagi 17-IDUM jamoasi tomonidan yaxshi niyatlar bilan qadimiy va navqiron Buxoro shahriga sayohat uyushtirildi. Muhtaram Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan sayohat davomida maktab jamoasi va o‘quvchilar shaharning ichki va tashqi tarixiy obidalarini ziyorat qildilar.