Yoshlar jinoyatchilikka qarshi

Image_tadbir: 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar MMTBga qarashli 17 IDUM yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasining Kattaqo‘rg‘on shahar xodimi B.Qodirov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonovlar ishtirokida.

Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan jinoyatchiliklar, ularning salbiy oqibatlari va uni oldini olish borasida fikr bildirildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli ma’lumotlar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM