Янгиликлар

3-sektor rahbari fuqarolar murojaatlarini tingladi

Kattaqoʻrgʻon shahar IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Gʻ.Islomovning navbatdagi “Kattaqoʻron” mahallasida sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. 

Sayyor qabulda 11 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushdi, shundan 4 ta murojaat joyida hal etildi, qolgan  murojaatlar tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirilib ijrosi nazoratga olindi. 

"Go'zalkent" mahallasida yoshlar uchrashuvi tashkil etildi

Kattaqoʼrgʼon shahridagi yoshlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafigi ijrosi yuzasidan 2023-yil 12-aprel kuni 4-sektor hududiga qarashli Go'zalkent mahallasida 4-sektor rahbari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Qabul davomida yoshlarning "yoshlar daftari"ga kirish, kredit olish va boshqa bir qator muammoli masalalari eshitilib, ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. 

Hokim qabuli oʻtkazildi

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning navbatdagi qabuli oʻtkazildi. Shahar Xalq qabulxonasida boʻlib oʻtgan qabul davomida 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Murojaatlar tahlil qilinganda uy-joy olish, moddiy yordam, ishga joylashish, uy-joy taʼmiri, oilaviy va boshqa masalalardan iborat boʻldi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM