Янгиликлар

Zomin mahallasida 4-sektor rahbari sayyor qabul o’tkazdi 

4-sektor hududidagi "Zomin" mahallasi binosida mahalla mas’ullari va sektorga biriktirilgan mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida sektor rahbarining fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning muammoli masalalari soha mutaxassislari ishtirokida atroflicha o'rganildi. Ba'zi masalalarga shu yerning o'zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

MUNOSABAT 

Ijtimoiy tarmoqda, Ipak yoʻli koʻchasidagi holat yuzasidan murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaatda koʻrsatilgan koʻcha chetidagi eski asfalt va beton boʻlaklari pudratchi yoʻl quruvchi tashkilot tomonidan chiqarildi, irrigatsiya ariqlari toshlardan tozalanib, muammo bartaraf etildi.

ALIMENT TO'LAMAGAN OTA MA'MURIY JAZOGA TORTILDI

Byuroning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi ish yurituvida boʻlgan fuqarolik ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon tumanlararo sudining 2022 yil 21 yanvardagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor B.Z. dan undiruvchi E.S. foydasiga voyaga yetmagan uch nafar farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlashi belgilangan boʻlsada, huquqbuzar toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.   

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM