UNIVERSITET FILIALIDA YASHIL ENERGIYA 

Kattaqo’rg’on shahrida ijtimoiy soha ob’yektlari, davlat idoralari hamda aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi yashil energiya manbalari bo’lgan: quyosh panellari va gelio-kollektorlar o‘rnatilishi davom etmoqda.

Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filialida ham jami 78 kWt quvvatli quyosh panellari o‘rnatilib, hozirda undan samarali foydalanib kelinmoqda.   

Ushbu quyosh panellaridan olinayotgan energiya filialda elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojni to’liq qoplab, har oyda 1450 kWt ortiqcha energiya ishlab chiqarishga erishilmoqda.

Endi mazkur oliy ta’lim dargohida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlariga o‘rnatilgan tariflarda shartnoma asosida sotish yo’lga qo’yiladi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.     

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM