Jinoyatchilikni oldini olish-dolzarb vazifa
02.04.2024 - 17:01Huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha manzilli ishlarni olib borish mahallalarni tinch va xavfsiz hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги
Расмий веб-сайти
Huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha manzilli ishlarni olib borish mahallalarni tinch va xavfsiz hududga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ullar 1-sektordan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masala ya’ni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20 moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha shahar mas’ullarining axborotini eshitdi va zaruriy topshiriqlarni berdi.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati katta. Bunda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, mahalla, jamoatchilik vakillari barcha birdek mas’ul bo‘lishi lozim,- deya ta’kidladi bugun shahar hokimi Gavhar Alimova “Chinobod” mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Shahrimiz bo'ylab "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida barcha mahallalarda mahalla bosqichi bo'lib o'tmoqda.
Jumladan 1 apreldan boshlab, sportning shashka va shaxmat turi bo'yicha musobaqalar boshlandi.
Bugun Oq oltin, Guzalkent, Vatanparvar MFYlarda 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida shashka va shaxmat turi bo'yicha mahalla bosqichi o'tkazildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Baxromovich Tugalov va Janubiy Koriya davlatining poytaxti Seul shahridagi “Beyond Enterprise OU” drama teatri direktori, Choi Il Hwalar doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasmiy Memorandum imzolashdi.