MAHALLALAR JINOYАTDAN HOLI HUDUD BO‘LISHI KERAK

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarining ahamiyati katta. Bunda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar balki, mahalla, jamoatchilik vakillari barcha birdek mas’ul bo‘lishi lozim,- deya ta’kidladi bugun shahar hokimi Gavhar Alimova  “Chinobod” mahallasida o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Jinoyatlarning oldini olishda avallo ularning sabablarini o‘rganish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozim. Mahalla yettiligi oilalar a’zolari bilan ishlashi, ularning bandligini ta’minlashi, xotin-qizlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishlari  orqali mahallalalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishlari mumkinligi ta’kidlandi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM