Янгиликлар

KATTAQO‘RG‘ONLIK JAHON CHEMPIONI MUNOSIB KUTIB OLINDI

Hamshahrimiz, shahar sport maktabi va 3 umumta’lim maktabi o‘quvchisi Sevara Mamatova boks bo‘yicha Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Bugun chempionni kutib olish uchun shahar hokimligi vakillari, sektor rahbarlari, yoshlar shahar darvozasi oldida yig‘ildilar. Davlat bayrog‘ini baland ushlab kirib kelgan Sevara Mamatovani kattaqo‘rg‘onliklar o‘zgacha faxr va iftixor bilan qarshi oldilar.  

Sogʻliqni saqlash sohasidagi masalalar muhokama qilindi     

Kattaqoʻrgʻon shahar Tibbiyot birlashmasida shahar prokurori I.Nuriddinov, shahar hokimi oʻrinbosari J. Nosirov hamda shahar DSI boshligʻi F. Gʻaniyevlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Dastlab soʻz olgan shahar prokurori sohada korrupsiya holatlarini yuzaga keltiruvchi holatlarni bartaraf etish, bu boradagi javobgarlik choralari haqida soʻz yuritdi.

Mening Konstitutsiyam

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan shahrimizdagi yoshlar yetakchilari tomonidan “Mening Konstitutsiyam” nomli chellenj o‘tkazilmoqda. 
Muhimi ushbu chellenjda hamshaharlarimiz juda faol ishtirok etmoqdalar.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM