Kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar o‘quvchi-yoshlar huzurida
01.02.2023 - 10:16Kuni kecha shahrimizdagi 11-IDUMga bir guruh kattaqo‘rg‘onlik ijodkorlar tashrif buyurdilar. Ya’ni, Kattaqo‘rg‘on shahar manaviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan tashkil qilingan ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Erkatosh Shukurova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist,"Do‘stlik" ordeni sohibasi Gulbahor Mamedova, shahar drama teatri aktyorlari Qilichbek Ibragimov, O‘tkir Ochilov hamda iste’dodli aktrisa Aziza Mamatmurodovalar ishtirok etdilar.