TABRIKLAYMIZ

 Abbos Sunnatov Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialining 4-bosqich talabasi.
U bugungi kunga qadar Respublikamizda bo‘lib kelayotgan fan olimpiadalari,turli xil mahalliy, xorijiy konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda. Toshkent shahar “Ilgʻor tadqiqotlar ilmiy markazi” tashabbusi bilan 2023-yil 13-yanvarda O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Fransiya davlatlarining yetakchi ilmiy markazlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan Xalqaro ilmiy forumda Abbos Sunnatovning maqolasi va takliflari “Eng yaxshi maqola va eng yaxshi taklif” deb topildi. 

Shunga ko'ra 28 yanvar kuni Toshkent shahar Yoshlar markazida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida Abbos Sunnatov "ILM-FAN IFTIXORI" koʻkrak nishoni, xalqaro sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. 
Abbos Sunnatovning ilm yo‘lidagi ishlariga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

     

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                        

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM