“Besh tashabbus paralimpiadasi" shahar bosqichi o’tkazildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar Sport maktabida “Besh tashabbus paralimpiadasi" doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar paralimpiada bosqichi bo’lib o’tdi. Mazkur musobaqaning ochilish marosimida shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.

Tadbirda shahrimizdagi ijtimoiy imkoniyati cheklangan nogironligi bo’lgan 16-30 yosh toifasidagi 74 nafar yoshlar musobaqalarda uch bosqichda, 5 ta para sport turlaridan;  
1. para yengil atletika, 
2. para stol tennisi, 
3. aravachada stol tennisi, 
4. para shaxmat, 
5. para shashka turlari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar.

Musobaqaning shahar bosqichida mahallalardan kelgan nogironligi bor yoshlar o‘z mahoratlarini sinashdi.

Qiziqarli o‘tgan musobaqa yakunida barcha sport turlari bo‘yicha g‘oliblar shahar Yoshlar ishlari bo’limi tomonidan taqdirlandi va viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM