Yashil makon loyihasi amalda 

Yurtimizda kabi Kattaqo‘rg‘on shahrida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida mahallalarda, ko‘chalarda, korxona-muassalalarda hamda aholi xonadonlarida ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari tashkil qilinmoqda.

Bugun shahrimiz bo‘ylab amalga oshirilgan umumxalq ko‘kalamzorlashtirish tadbirida ta’lim muassasalari, mahallalar, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, turli tashkilot va idoralari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar.
 
Xususan, shahrimizdagi Chinobod mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylar atrofida viloyat Mahalla uyushmasi va viloyat Nuroniy jamg‘armasi raislari ishtirokida mahalla vakillari, nuroniylar va aholi bilan birgalikda daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Albatta, tabir ishtirokchilari bugun shahrimizni ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shayotganligidan mamnunliklarini bildirdilar.

Shahrimiz bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi tadbirlari davom etadi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM