Pedagoglar “Zakovat”da bellashdilar

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi hamda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog-xodimlar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 

Unda 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktab, 5-maxsus internat, Samarkand International School  maktabi hamda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali jamoalari ishtirok etdilar. 

O‘yin davomida jamoalar shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan berilgan savollarga ham tezkorlikda javob berdilar va e’tirof etildilar. O‘yin natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 11-IDUM jamoasi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2-o‘rin Ixtisoslashgan maktabi hamda 3-o‘rin Samarkand International School maktabi jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalarga Faxriy yorliq  va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM