Qachon chiqindi tashlash madaniyatini o‘rganamiz?

Kattaqo‘rg‘on shahridagi Zarifobod MFY hududidan o‘tuvchi O‘zbekiston ko‘chasi yoqasining belgilanmagan yeriga shu mahallada yashovchi fuqaro O.X kundalik turmush jarayonida hosil bo‘lgan qattiq va qurilish chiqindilarni keltirib tashlashlayotganligi holati kuzatildi.

Holat Kattaqo‘rg‘on shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududda olib borilgan nazorat reyd tadbirlari davomida aniqlandi.

Shu bois, fuqaro O.Xga nisbatan MJtKning 91-moddasi prim1-qismiga muvofiq 1 020 000 so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. Shuningdek, atrofda tozalash ishlari olib borildi.

Hurmatli yurtdoshlar atrof-muhit muhofazasiga, uning orastaligiga barchamiz birdek masʼulmiz. Shunday ekan siz ham o‘z masʼuliyatingizni aslo UNUTMANG!

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM