Yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan saqlash muhim

Kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar 6 umumta’lim maktabida o’quvchilar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning viloyat hududiy boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar xodimi B.Qodirov hamda tegishli mas’ullar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda yoshlar o‘rtasida bugungi kunda uchrab turgan jinoyatchiliklar, salbiy oqibatlari va ularni oldini olish borasida ham fikrlar bildirildi. Samimiy muloqot tarzida o‘tgan davra suhbati davomida yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari haqida so‘z yuritilib, o'quvchilarni qiziqtirgan savollar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ushbu tadbirda ishtirokchilarga to‘g‘ri yo‘ldan adashganlar qismatini hikoya qiluvchi “Tinchlik qadri” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM