SHAHAR HOKIMI MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATINI O‘RGANDI

Shahar hokimi Gavhar Alimova “Baland chordara” mahallasida bo‘ldi va ushbu mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligining ish rejalari taqdimoti bilan tanishdi.

Xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisining oylik va haftalik ish rejalarini ko‘zdan kechirish asnosida o‘z fikrlarini berdi. Aholi bilan ishlash, ularning muammolarini hal etilishida mahalla yettiligining hamkorlikda faoliyat olib borishi lozimligini ta’kidladi shahar hokimi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM